icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Talabalar turar joyi

Talabalar turar joyi


 

Universitetimizda talaba-yoshlarning taʼlim-tarbiya olishi, turmush sharoitini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Zamon bilan hamohang, taʼlim-tarbiya sohasida ham ularning mustaqil bilim olishi, jahon sivilizatsiyasi durdonalarini o‘rganishi uchun sharoit yaratilgan.

Universitet hududidagi 380 o‘rinli talabalar turar joyi to‘liq taʼmirdan chiqarildi. Qulay va shinam xonalar 2-4 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarning yashash xonalari darslarni bajarish va yashashi uchun zarur bo‘lgan mebel va boshqa jihozlar bilan to‘ldirilgan. Xonaga joylashtirilgan mebel o‘zining shakli va rangi, shuningdek, ijodiy funksiyasi bilan ajralib turadi. Kitob javonining dizayni va kompyuterlar uchun maxsus ishlab chiqilgan mebel xonalarga o‘ziga xos jiloga ega.

 


Har bir qavatda oshxona, hojatxona va hammom mavjud. Bundan tashqari, har bir qavat zamonaviy televizor va WiFi qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda o‘quvchilar mamlakatimiz va jahonda ro‘y berayotgan yangiliklar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishishlari, bundan bahramand bo‘lishlari mumkin.

 

 

Xorijiy talabalarga o‘qish davrida barcha sharoiti mavjud bo‘lgan xonalar ajratiladi.

    Yotoqxona ko‘p millatli talabalar oilasi bo‘lib, u yerda yashash sizga ko‘p quvonch va yangi do‘stlarlar orttirish imkonini beradi, chunki bu yerda siz butun dunyodan kelgan ko‘plab do‘stlar topasiz.

O‘zbekistonlik talabalar bilan muloqot nafaqat o‘zbek madaniyati bilan tanishish, balki o‘zbek tilini ham o‘rganishga yordam beradi.