icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Farg'onada fan olimpiadasi bo'lib o'tdi

Blog Details

Farg'onada fan olimpiadasi bo'lib o'tdi

Farg'onada fan olimpiadasi bo'lib o'tdi

Toshkent shahridagi Аdju universiteti Farg'ona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda Farg'ona shahrida joylashgan 21-umimiy oʼrta taʼlim maktabida viloyatdagi bitiruvchi o'quvchilar uchun 24-mart kuni matematika fanidan ingliz tilida fan olimpiadasi  o'tkazildi.

Fan olimpiadasida viloyatda joriy yilda maktablarni tamomlayotgan 360 dan ortiq o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi. Test va yozma ish savollari koreyalik professorlar tomonidan tayyorlangan boʼlib, javob varaqalari ham ular tomonidan tekshiriladi. Fan olimpiadasida g'oliblikni qo'lga kiritgan va yaxshi natijalarni qayt etgan ishtirokchilar universitetga imtiyozli ravishda qabul qilinish imkoniyatini qo'lga kiritishlari bilan bir qatorda qimmatbaho sovg'alar bilan ham taqdirlanishadi.

Natijalari universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida  tez kunlarda eʼlon qilinadi.