icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

“Oʼzbekiston-Koreya oliy ta'lim muassasalari rektorlari forumi”ning Koreya Respublikasining delegatsiya aʼzolari Toshkent shahridagi Аdju universitetiga tashrif buyurdi. 

Blog Details

“Oʼzbekiston-Koreya oliy ta'lim muassasalari rektorlari forumi”ning Koreya Respublikasining delegatsiya aʼzolari Toshkent shahridagi Аdju universitetiga tashrif buyurdi. 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan oʼtkazilayotgan “Oʼzbekiston-Koreya oliy ta'lim muassasalari rektorlari forumi”ning uchinchi kunida Koreya Respublikasining delegatsiya aʼzolari Toshkent shahridagi Аdju universitetiga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida respublikamizda oʼtkazilayotgan “Yashil makon umummilliy loyihasi” asosida Universitet hududida Oʼzbek-Koreys doʼstlik bogʼi barpo etildi. Ushbu bogʼda Koreyadan tashrif buyurgan har bir mehmon oʼzbek talabalari bilan birgalikda manzarali daraxt ekdi. Ushbu anʼana ikki davlat oʼrtasidagi oliy taʼlim sohasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga qatʼiy intilishning ifodasi boʼldi.

 Koreya delegatsiya aʼzolari universitetda yaratilgan shariotlar bilan tanishish bilan birgalikda talabalar tomonidan tayyorlangan madaniy-maʼrifiy tadbirda ishtirok etdi. Har bir fakultet talabalari oʼz yoʼnalishlari boʼyicha taqdimotlar namoyish qildi. 

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan taʼlim sohasida hamkorlikni mustahkamlash, oʼzaro tajriba almashinuvini kengaytirish va manfaatli aloqalarning boshqa dolzarb yoʼnalishlari yuzasidan fikr almashildi.