Toshkent shahridagi Adju universiteti talabalarning qulay yashashi va har tomonlama rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratadi. Kampusimizda 700 dan ortiq o‘ringa mo‘ljallangan ikkita zamonaviy yotoqxona mavjud bo‘lib, u yerda har bir talaba o‘zini o‘z uyidagidek his qilishi mumkin.
Universitet yotoqxonalarida 2,3,4,5,6, - kishilik shinam xonalar mavjud bo‘lib, ular o‘qish va dam olish uchun zarur bo‘lgan barcha mebel va jihozlar bilan ta’minlangan. Har bir xona zamonaviy uslubda puxta o‘ylangan dizayn bilan bezatilgan:
- mashg‘ulotlar uchun qulay karavotlar va ish stollari;
- shaxsiy buyumlar uchun keng javonlar va tokchalar;
- kompyuterda ishlash uchun maxsus zonalar.
Har bir qavatda quyidagilar joylashgan:
- zarur maishiy texnika bilan jihozlangan umumiy oshxonalar;
- zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan hojatxona va dush xonalari;
- televizor va yuqori tezlikdagi Wi-Fi bilan yangiliklarni kuzatish, do‘stlar bilan muloqot qilish yoki darslarga tayyorgarlik ko‘rish mumkin bo‘lgan dam olish joylari.
Universitet yotoqxonalari shunchaki yashash joyi emas, balki ko‘p millatli talabalar oilasidir. Bu yerda Siz turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan tanishish, til bilish darajasini oshirish va O‘zbekistonning turli hududlari va boshqa xalqlarning an’analari haqida ko‘proq ma’lumot olishingiz mumkin.
Xavfsizlikka alohida e’tibor qaratilgan: hudud kecha-yu kunduz kamera nazorati tizimi bilan qo‘riqlanadi, bu esa talabalar va ularning ota-onalari osoyishtaligini kafolatlaydi. Har kuni tozalik va tartib saqlanadi, yotoqxonalar o‘quv binolari, kutubxona va sport inshootlaridan bir qadam masofada joylashgani talabalar hayotini maksimal darajada qulay qiladi.
Shuningdek, universitet yotoqxonasida professional tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot punkti faoliyat yuritadi.
Adju universiteti yotoqxonasida yashash nafaqat qulay sharoitlar, balki muloqot, do‘stlik va birgalikda kamol topishning noyob tajribasidir. Biz sizning talabalik yillaringizni yorqin, mazmunli va esda qolarli o‘tkazishga intilamiz!
Ikkinchi uyingizga xush kelibsiz!