Ko'rgazmada talabalarning ijodiy fikrlashini va haqiqiy me’moriy masalalarni yechish qobiliyatini aks ettiruvchi eng sara akademik va bitiruv loyihalari namoyish etilmoqda.
Tadbir ochilish marosimida universitet rahbariyati, ma’muriyat xodimlari, professorlar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar. Ko'rgazmani keng ko'lamda o'tkazilishi tadbirning nafaqat ilmiy jamiyat uchun, balki kelajak mutaxassislarini kasbiy shakllanish yo‘lida qo‘llab-quvvatlovchi oilalar uchun ham katta ahamiyatga egadir.
Ko‘rgazma 20-dekabrgacha davom etadi. Barcha tashrif buyuruvchilarni O‘zbekistonning shaharsozlik loyihalarida yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar bilan tanishib chiqishga taklif qilamiz.