Toshkent shahridagi Adju universiteti iqtidorli va bilimga chanqoq talabalar bilan faxrlanadi. Universitetda xalqaro standartlarga mos, zamonaviy va amaliy ta’lim dasturlari asosida olib borilayotgan o‘quv jarayoni ana shunday yuksak natijalarga zamin yaratmoqda. Buning yorqin isboti — 2025/2026 o‘quv yili uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘lgan talabamizdir.
Arxitektura fakulteti
3-bosqich talabasi
Mirhamidova E’zoza Alisher qizi
Ushbu yutuq — tinimsiz mehnat, yuqori bilim va katta intilish samarasi. Talabamizga kelgusidagi o‘qish va ilmiy faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Adju universiteti doimo iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlaydi va yangi marralar sari yetaklaydi.