2026-yil 16-mart kuni Ajou xalqaro maktabida ingliz tilida TED ma’ruzalari formatida "Ajou School Talks" notiqlik tanlovi o‘tkaziladi. Ushbu tadbirning mavzusi — «Yoshlar muloqotida tilning ahamiyati».
Tanlov turli maktab o‘quvchilarini birlashtiradi hamda notiqlik mahoratini oshirish, til bilimlarini chuqurlashtirish va yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun maydon bo‘ladi. Ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini qisqa, mazmunli va ilhomlantiruvchi nutqlar shaklida taqdim etadilar.
Ingliz tilida o‘z notiqlik mahoratini ko‘rsatishni istagan barcha o‘quvchilar ishtirok etishga taklif qilinadi. Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilariga qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.
+998909891105 +998956306090 +998909492512