Grantlar Arxitektura, Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi, Ingliz filologiyasi va menejmenti, IT-biznes, Koreys filologiyasi va menejmenti, Qurilish tizimlari muhandisligi fakultetlari talabalariga berildi.
Grantga sazovor bo‘lgan talabalar: G‘ulomova Kamila, Ravshanov Akmal, Radionova Diana, Xusniddinov Mahkamboy, Nozadze Natela, Omonxo‘jayev Izzat. Biz ularning akademik muhitda o‘z ustida ishlashga bo‘lgan intilishi bilan faxrlanamiz!
Bu barqaror xalqaro hamkorlik va yuqori darajadagi akademik tayyorgarlik natijasi bo‘lib, xalqaro hamkorlarning universitetimizga bo‘lgan ishonchini tasdiqlaydi.