Bayramona muhit talabalar, xodimlar va mehmonlarni yagona katta tadbir atrofida birlashtirdi. Unda osh pishirish, bayramona dasturxon bezash kabi tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy chiqishlar, kuy-qo‘shiq va raqslar bo‘lib o‘tdi.
Bu kun Adjudagi talabalik hayoti nafaqat sifatli ta’lim, balki mazmunli, jo‘shqin va unutilmas lahzalarga boy ekanining yana bir isboti bo‘ldi.