Toshkent shahridagi Adju universiteti barcha xohlovchilarni shu juma, 8-may kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadigan "Ochiq eshiklar kuni"ga taklif etadi.
Mehmonlarni universitet bilan tanishuv, ko‘ngilli talabalar hamrohligida kampus bo‘ylab sayohat (Campus Tour), xorijlik professorlar va fakultet dekanlaridan ko‘rgazmali darslar, shuningdek, Adjuga o‘qishga kirish va ta’lim imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar kutmoqda.
Bu kunni xalqaro ta’lim, zamonaviy texnologiyalar va yorqin talabalik hayoti muhitida o‘tkazing.