icon

Mail:

info@ajou.uz
+998 71 207-65-66
icon

Call center

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-27

21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI!

21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI!

21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI!

21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI!
 

Til — millatning ruhi, milliy o‘zligi va ma’naviy boyligining yorqin ifodasidir.
 

1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimiz tarixidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Mana 37 yildirki, ushbu sana ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom ramzi sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Toshkent shahridagi Adju universiteti jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etaman!

Ona tilimiz — buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan bebaho xazina, xalqimizning boy tarixi, madaniyati va asriy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan ma’naviy boylikdir.

Bugun globallashuv va xalqaro hamkorlik tobora rivojlanayotgan bir davrda o‘zbek tilining ilm-fan, ta’lim va xalqaro muloqotdagi o‘rni yanada mustahkamlanmoqda. Xalqaro universitet sifatida biz turli tillar va madaniyatlar uyg‘unligini qadrlash bilan birga, davlat tilimizning nufuzini yuksaltirishni ham muhim vazifa deb bilamiz.
 

Ona tilimizning qadri hamisha baland, mavqei yuksak va kelajagi porloq bo‘lsin!
 

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori
G. A. Muratov