Toshkent shahridagi Adju universitetida talabalar o‘rtasida «Adju Zakovat Gambit» shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, strategik mahorati va aql-zakovatini namoyon etib, g‘oliblik uchun keskin bahs olib bordilar.
Musobaqa g‘oliblari munosib taqdirlandi. Eng quvonarlisi, 4 nafar g‘olibga O‘zbekiston terma jamoasi safida Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgan shaxmatchi bilan kuch sinashish imkoniyati taqdim etildi!
Adju — bilim, zakovat va yuksak marralar sari!