icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Toshkent shahridagi Аdju universiteti rektorining qutlovi

Toshkent shahridagi Аdju universiteti rektorining qutlovi

Qadrli hamkasblar va talabalar!

Toshkent shahridagi Аdju universitetiga xush kelibsizYillar davomida Аdju universiteti Koreyadagi yetakchi universitetlardan biriga aylanib ulgurdiUniversitet oʻtgan davr maboynida dunyo boʻylab faoliyat yuritayotgan minglab yuqori malakali mutaxassislarni yetishtirdi. Ushbu mutaxassislar muhandislik, AKT, tibbiyot, biznes va xalqaro aloqalar sohasidagi kompaniyalarda samarali faoliyat olib bormoqda. Аdju universiteti xorijiy talabalarni keng koʻlamli xalqaro dasturlar va koʻmaklashish loyihalari bilan qoʻllab quvvatlaydi, bundan tashqari, 65 ta davlatning 322 ta universitetlar bilan hamkorlik olib bormoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-noyabrdagi “Toshkent shahrida Аdju universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4041-son qarori asosida Toshkent shahridagi Аdju universiteti tashkil etilgan.

Toshkent shahridagi Аdju universitetida talabalar uchun zamonaviy tarzda jihozlangan sinfxonalar, laboratoriyalar, sport va faollar zali, oshxona, talabalar turar joyi, avto turargoh va boshqa koʻplab boshqa sharoitlar yaratilgan.

Universitet bitiruvchilariga nafaqat Oʻzbekistonda balki butun dunyoda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olingan Аdju universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Universitetimizni tanlaganingizdan xursandmiz, bu oʻz navbatida toʻgʻri kasb tanlashda imkoniyatga ega boʻlganigizdan ota-onangiz va oʻzingiz yanada mamnun boʻlasiz.

Universitet eshiklari siz uchun doimo ochiq!

Yana bir bor, Toshkent shahridagi Аdju universitetiga xush kelibsiz!

Universitet rektori,

Professor, Gayrat Muratov.