icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Toshkent shahridagi Аdju universiteti rektorining qutlovi

Toshkent shahridagi Аdju universiteti rektorining qutlovi

Aziz yoshlar!

 

Toshkent shahridagi Adju universiteti ma’muriyati va butun jamoasi nomidan sizlarni samimiy qutlashdan mamnunman!

 

Universitetimiz Koreya va O’zbekiston o‘rtasidagi noyob ta’lim ko‘prigi hisoblanadi. Biz nufuzli Adju universitetining (Koreya Respublikasi) O‘zbekistondagi yagona filiali ekanligimizdan faxrlanamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-noyabrdagi 4041-sonli farmoniga muvofiq tashkil etilgan oliy o‘quv yurtimiz qisqa vaqt ichida mintaqadagi yetakchi xalqaro ta’lim markaziga aylandi.

 

Toshkent shahridagi Adju Universiteti Koreya va xorijiy davlatlarning taniqli professorlarini jalb qilgan holda sifatli xalqaro ta'limni taklif qiladi. Biz mehnat bozorida yuqori talabga ega bo'lgan istiqbolli mutaxassislarni dunyo standartlaridagi bilimlar asosida tayorlaymiz. Zamonaviy kampus, ilg'or laboratoriyalar va faol talabalar hayoti bilan sizga qulay o'quv muhitini yaratganmiz.

 

Universitetimizning eng katta afzalliklaridan biri - bu ingliz tilida ta'lim olish imkoniyati va xalqaro almashuv dasturlari orqali global tajriba orttirish. Biz talabalarning kasbiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash uchun maqbul to'lov shartlari va grantlar tizimini joriy qildik. Koreya ta'lim modeli asosida - intizom, innovatsiyalar va doimiy qo'llab-quvvatlash tamoyillari bilan sizni kelajakdagi yetakchi mutaxassislarga aylantiramiz!

 

Biz nafaqat bilim berishga, balki har bir talaba o‘z salohiyatini to‘liq namoyon eta oladigan o‘ziga xos muhit yaratishga intilamiz. Zamonaviy ta’lim dasturlari, innovatsion o‘qitish texnologiyalari va puxta ishlab chiqilgan o‘qitish uslublari bitiruvchilarimizning porloq kelajagini ta’minlaydi.

 

Ishonamanki, Siz ham Adju universiteti talabasi bo‘lganingiz bilan fahrlanasiz hamda dunyoning eng zo‘r mutaxassisiga aylanasiz. O‘zingizning yuksak azm-u shijoatingiz, namunali xulqingiz va odobingiz hamda vatanparvarlik fazilatlaringiz bilan har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgangiz bilan birga zukko talabamiz bo‘lasiz.

 

Aziz yoshlar, har biringiz O‘zbekistonga va uning xalqiga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilamiz. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlaymiz.

 

Yangi g‘oyalar tug‘iladigan, jahon miqyosidagi mutaxassislar shakllanadigan va orzu qilingan karyeralar quriladigan universitetimizga xush kelibsiz!

 

Hurmat va ezgu tilaklar bilan,

Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori

Professor Muratov G.A