icon

Pochta:

info@ajou.uz
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Matematika fanidan Fargʻona viloyati boʻyicha fan olimpiyadasi natijalari

Blog Details

Matematika fanidan Fargʻona viloyati boʻyicha fan olimpiyadasi natijalari

Matematika fanidan Fargʻona viloyati boʻyicha fan olimpiyadasi natijalari

Joriy yilning 24 mart kuni Fargʻona shahridagi 21-sonli umumta’lim maktabida matematika fanidan (ingliz tilida) boʻlib oʻtgan Toshkent shahridagi Adju universiteti fan olimpiadasida viloyat maktablarining 360 dan ortiq bitiruvchisi ishtirok etdi.

Fan olimpiadasi natijalari Koreyalik professorlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan tasdiqlandi.

Hakamlar hay’ati tomonidan tanlangan fan olimpiadasi gʻoliblari:

1-o'rin
Kimsanov Samandar Jamoliddin oʻgʻli, Fargʻona tumani, 15-sonli maktab oʻquvchisi  

2-o'rin
Madaminov Nurmuhammadjon Gʻayratjon oʻgʻli, Qoʻshtepa tumani, 11-IDUM oʻquvchisi

3-o'rin
Xolmatova Oygul Gʻayratjon qizi, Oltiariq tumani, 7-sonli maktab oʻquvchisi

Gʻoliblar Toshkent shahridagi Adju universitetida oʻqish kontrakt-shartnoma miqdorining 80 foizi hajmida chegirmaga ega boʻldilar va A-toifa granti asosida imtihonsiz oʻqishga kirish huquqini qoʻlga kiritdilar.

Olimpiada ishtirokchilardan eng yuqori ball toʻplagan 276 nafar oʻquvchi universitetga kontrakt-shartnoma miqdorining 50 foizi hajmida chegirmaga ega boʻldilar va B-toifa granti asosida imtihonsiz oʻqishga kirish imkoniyatini qoʻlga kiritdilar.

Barcha gʻolib va yuqori ball olgan oʻquvchilarni tabriklaymiz, zamonaviy kasblar makoni Toshkent shahridagi Adju universitetiga taklif qilamiz.