Bo‘lajak abituriyentlar universitet faoliyati bilan atroflicha tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ular uchun Arxitektura fakulteti professori janob Oh Seok Kyu ma’ruza o‘qidi, bu esa ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Bundan tashqari, mehmonlar talaba-ko‘ngillilar yetakchiligida kampus bo‘ylab sayohat qildilar. Ko‘ngillilar Adju universitetida talabalarning ta’lim olishi va qulay hayot kechirishi uchun yaratilgan qulayliklar va imkoniyatlar haqida so‘zlab berishdi.
Open Day bo‘lajak talabalarga Adjuda o‘qishning istiqbollari va afzalliklari haqida chuqurroq ma’lumot olish imkonini bergan muhim tadbir bo‘ldi.