icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Toshkent shahridagi Adju universitetida "Yoshlar orasida jinoyatchilikka qarshi kurashish oyligi" doirasida talabalar bilan "Xavfsizlik, huquqbuzarlik va korrupsiya" mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Blog Details

Toshkent shahridagi Adju universitetida "Yoshlar orasida jinoyatchilikka qarshi kurashish oyligi" doirasida talabalar bilan "Xavfsizlik, huquqbuzarlik va korrupsiya" mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Tadbir Yashnobod tumani huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida talabalarda huquqiy savodxonlikni oshirish va yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tashkil etildi.

Ma’ruzachi sifatida Yashnobod tumani Ichki Ishlar Organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) boshlig‘i, podpolkovnik O.A. Kayumxodjaev so‘z oldi. Uchrashuv davomida u xavfsizlikni ta’minlashning dolzarb masalalari, huquqbuzarliklar sodir etish oqibatlari va korrupsiyaga qarshi kurashish usullarini batafsil tushuntirib berdi. Huquqqa itoatkor jamiyatni shakllantirishda yoshlarning ahamiyati hamda kundalik hayotda qonunlarga rioya etishning muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday tadbirlar yosh avlodda huquqiy madaniyatni mustahkamlash va qonunga nisbatan javobgar munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.