Tadbirda OKMK, Artel, O‘zShaharsozlik, EAS, UzBAT, Uztelecom kabi 40 dan ortiq nufuzli kompaniyalar qatnashdi.
Yarmarkada 400 dan ziyod talaba ishtirok etdi. Ulardan 300 dan ortig‘i suhbat shaklida ish beruvchilar faoliyati bilan batafsil tanishib, amaliyot va karyera imkoniyatlarini muhokama qildi. Tadbirda davlat organlari uchun vakansiyalar portali bo‘lgan ARGOS platformasiga alohida e’tibor qaratildi va ular tomonidan taqdimot o'tkazildi.
"Career Day" talabalar va ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa uchun muhim maydonga aylandi.