icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

Birinchi Koreya-O‘zbekiston xalqaro energetika forumi — Energy Value Networks Forum.

Blog Details

Birinchi Koreya-O‘zbekiston xalqaro energetika forumi — Energy Value Networks Forum.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi, Koreya Energetika Agentligi hamkorligida Toshkent shahrida 2025-yil 28-may kuni birinchi Koreya-O‘zbekiston xalqaro energetika forumi o’tkaziladi. 

Forumda asosiy e’tibor energetika sohasidagi koreyalik va o‘zbekistonlik mutaxassislar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion va barqaror energiya yechimlarini o‘rganishga qaratiladi.

Bundan tashqari Forumda ekologik toza hamda samarali energiya tizimlariga o‘tish masalalari muhokama qilinadi. 

Anjuman mintaqadagi asosiy energetika muammolarini hal qilish va imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda. 

Tadbirning ijro organlari Toshkent shahridagi Adju universiteti, Koreya iqlim o‘zgarishi Instituti va Energetika mutaxassislarini tayyorlash Markazi soha mutaxassislarni, tadqiqotchi-olimlarni, manfaatdor tashkilotlarning xodimlarini forumda ishtirok etishga taklif etadi. 

O‘tkazish joyi: Hyatt Regency Tashkent
Sana: 2025-yil 28-may