icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 208-69-69
+998 71 207-65-66
icon

Qo'ng'iroqlar markazi

+998 71 207-65-25
+998 71 207-65-27

10-dekabr kuni Toshkent shahridagi Adju universitetida adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Blog Details

10-dekabr kuni Toshkent shahridagi Adju universitetida adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Universitetimizda an'anaga aylangan bunday tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinadi. Ammo bu galgi uchrashuv o‘z mazmuni, ruhiy ta’siri va ishtirokchilari bilan har safargidan yanada o‘zgacha bo‘ldi.

Bu safar onani ulug‘lash, ona mehrining cheksizligini tarannum etgan “Boshimdagi tojim — onam” kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Asar muallifi — shoir, yozuvchi va tarjimon Muhammad Ismoil bilan bo‘lgan suhbat tadbirga alohida mazmun bag‘ishladi.

Uchrashuvda ziyolilar, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, el suygan san’atkorlar, talabalar bilan bir qatorda Yashnobod tumanidagi maktablarning kutubxonachilari va faol maktab o‘quvchilari ham ishtirok etdi. Ularning ishtiroki tadbir muhitiga yanada ko‘tarinkilik va ilhom bag‘ishladi.