Toshkent shahridagi Ajou universiteti talabalari 20–24-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurib, yirik ekologik va ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdilar.
“Yoshlar – yashil kelajak uchun” shiori ostida Green Action ekoforumi o‘tkazilib, yuzlab maktab bitiruvchilari qamrab olindi.
Tashrif davomida Nukus, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Xo‘jayli, Amudaryo va boshqa hududlarda uchrashuvlar va ekologik aksiyalar tashkil etildi.
Shuningdek, uchrashuvlar davomida Adju universiteti imkoniyatlari, ta’lim yo‘nalishlari va xalqaro dasturlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari ham olib borildi.
Talabalar va professor-o‘qituvchilar yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ekologik madaniyat va ta’lim imkoniyatlari haqida fikr almashdilar.